“Jo`rabek” masjidini qayta tiklash choralari ko`riladi

Jamiyat 28.04.2015, 23:16
“Jo`rabek” masjidini qayta tiklash choralari ko`riladi

Avval xabar berganimizdek, 25 dan 26 aprelga o`tar kechasi Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Farg`ona yo`li, 51-uy manzili bo`yicha joylashgan “Jo`rabek” masjidi yonidan o`tgan elektr simi ustiga kuchli bo`ron vaqtida daraxt shoxlarining sinib, masjid binosining tomiga qulashi oqibatida qisqa tutashuv yuzaga kelgan hamda masjidning asosiy binosining tom qismida yong`in boshlangan. 

Tezkor etib kelgan yong`in o`chirish guruhlari, shuningdek, masjid xodimlari va mahalla fuqarolari birgalikda yong`inni o`chirishga harakat qilganlar. Biroq, kuchli shamol yong`inni hajmini kengaytirib yuborgan. Oqibatda masjidning asosiy qismi joylashgan bino yonib ketgan. Yong`indan ma`muriy xonalar joylashgan kichik bino va tahoratxonani saqlab qolishga erishilgan. 

Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmatidan berilgan xabarga ko`ra, hozirda O`zbekiston musulmonlari idorasi va uning Toshkent shahri vakilligi hamkorlikda masjid hududida yong`in oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqdalar. Yaqin kunlarda O`zbekiston musulmonlari idorasi boshchiligida va homiylarni jalb etgan holda masjidni qayta tiklash choralari ko`riladi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1