Mast haydovchi 10 kun avval ota bo`lgan piyodaning hayotiga nuqta qo`ydi

Jamiyat 29.04.2015, 16:32
Mast haydovchi 10 kun avval ota bo`lgan piyodaning hayotiga nuqta qo`ydi

28 dan 29 aprelga o`tar kechasi Buxoroning «Shahnozabonu» restoranida bo`lib o`tgan to`ydan chiqqan kuyovjo`ra mast holda birovning avtomobilida qarama-qarshi yo`lga chiqib, piyodani urib ketgan.

Ushbu halokatning oqibati piyoda uchun o`lim bilan tugagan. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, halok bo`lgan piyoda 10 kun avval otalik baxtiga muyassar bo`lgan. Ayni damda mazkur halokat yuzasidan jinoiy ish ochilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1