AsosiyJamiyat

Oxirgi aniqlangan 4 kishi vaqtida murojaat qilganida, har biri orqasidan 200 tadan mingtagacha odamni karantinga olishga hojat bo`lmas edi — Namangan hokimi (video)

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat xalqiga yana bir bor murojaat bilan chiq...

'Oxirgi aniqlangan 4 kishi vaqtida murojaat qilganida, har biri orqasidan 200 tadan mingtagacha odamni karantinga olishga hojat bo`lmas edi — Namangan hokimi (video)'ning rasmi

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat xalqiga yana bir bor murojaat bilan chiqdi.

Uning murojaatida qayd etilishicha, oxirgi uch kun ichida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan, manbasi aniq bo`lmagan oltita holat aniqlangan. Ushbu fuqarolar bu kasallikni qachon va kimdan yuqtirib olganini bilishmaydi ham. Ayrim fuqarolar uylarida isitmalab, buni oddiy shamollash deb o`ylab, o`zlarini uy sharoitida davolashga uringan.  

Ma`lum qilinishicha, so`nggi aniqlangan  to`rtta holatning uchtasi Namangan shahrida, bittasi esa Uchqo`rg`on tumanida yuz bergan. 

"Ular bir necha kunlab, o`n kunlab uylarida isitmalab yotishlari, o`z vaqtida shifokorlarga murojaat etmaganliklari bugun ushbu kasallikning yuqish xavfini oshirib yubormoqda. Mazkur 4 nafar fuqaroning ikki nafari og`ir ahvolda, sun`iy nafas oldiradigan apparatlarga ulangan.  

Agar ular o`z vaqtida shifokorlarga murojaat qilganlarida, o`z vaqtida aniq diagnoz qo`yilardi, yaqin qarindoshlariga yuqtirilmas edi. Bugun ularning har biri orqasidan 200 tadan mingtagacha odamni karantinga olishga hojat bo`lmas edi.  Koronavirus yuqtirganlar oramizda yuribdi, ular kimlar, soni qancha, afsuski, biz bilmaymiz”, dedi viloyat rahbari.

(yaqin daqiqalarda shu erga Namangan viloyati hokimining murojaati aks etgan video joylanadi)

Eslatib o`tamiz, Xayrulla Bozorov bundan avval ham xalqqa murojaat bilan chiqish qilib, koronavirusdan vafot etgan namanganlik 72 yoshli ayol xususida achinish bilan gapirgandi.

Eslatib o`tamiz, bugun, 13 aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo`rg`on tumani, shu jumladan, “Qayqi” qishlog`i hududida barcha turdagi shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari, mototransport (skuter), velosiped hamda fuqarolarning harakatlanishi butunlay to`xtatildi.

    Boshqa yangiliklar