Bugun Milliy matbuot markazida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “O`zbekiston Respublikasida boshlang`ich ta`lim sifatini oshirishning dolzarb vazifalari” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi.
Anjumanda Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov, vazirlikning mutasaddi boshqarma va bo`lim boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalari odimlari ishtirok etadi.
Tadbirda boshlang`ich ta`lim sifatini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi.
Ta`kidlandiki, bugun Respublikamizdagi 9698 umumta`lim maktablarining 9566 tasida boshlang`ich ta`lim olib boriladi. Bugungi kunda boshlang`ich ta`lim mavjud bo`lgan maktablarda jami 1-4- sinflar soni 83 181tani, jami boshlang`ich sinf o`quvchilari soni 2,2 mln. nafarni tashkil etmoqda. Ularda qariyb 112 ming nafari boshlang`ich sinf o`qituvchilari ta`lim tarbiya bermoqda. Ma`lumotlariga ko`ra, bu yil 630 mingga yaqin bola birinchi sinfga qadam qo`yadi.
2015-2016 o`quv yiliga 1-4-sinflar uchun jami 227 nomda 15 milliondan ortiq nusxa darsliklar nashr etiladi.