“Turkiston” saroyida “Oltin qalam” X Milliy mukofotining g`olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi.
Bu yil xalqaro tanlovda 676 jurnalist 15 mingga yaqin materiali bilan qatnashdi. Ular safida bosh Milliy mukofot sohibi, televidenie, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yo`nalishlari bo`yicha g`oliblar, shuningdek, “Eng yaxshi matbuot xizmati” va “Eng yaxshi fotoreportaj uchun” rag`batlantiruvchi mukofotlar sohiblari aniqlandi.
Tanlov g`oliblarini mukofotlash hamda uni o`tkazish bilan bog`liq sarf-xarajatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirildi.
«Uzreport TV» telekanali «Oltin qalam» X Milliy mukofoti uchun o`tkazilgan xalqaro tanlovda Bosh mukofotga loyiq deb topildi. Telekanal jamoasi maxsus diplom, “Oltin qalam” ko`krak nishoni, statuetkasi va mamlakatimizda belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Tanlovning televidenie, radio, matbuot va internet-jurnalistika yo`nalishlari bo`yicha g`oliblariga diplom, «Oltin qalam» ko`krak nishoni, statuetkasi hamda pul mukofotlari topshirildi.
Aytish joizki, tanlovda o`tgan yillar davomida 4 ming nafarga yaqin jurnalist 51 mingdan ortiq ijodiy ishi bilan qatnashdi. Hozirgacha o`tkazilgan to`qqizta tanlovda 207 nafar jurnalist “Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi bo`ldi. 60 nafarga yaqin jurnalist xalqaro tashkilotlarning O`zbekistondagi vakolatxonalari tomonidan ta`sis etilgan mukofotlar bilan taqdirlandi.
Tanlov har yili 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag`ishlab o`tkaziladi.
JURNALISTIKA SOHASIDA “OLTIN QALAM” X MILLIY
MUKOFOTI XALQARO TANLOVI G`OLIBLARI VA SOVRINDORLARI
Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot
“Uzreport TV” telekanali |
– |
bosh direktori Ravshan Jo`raev |
Ilm-fan, texnika taraqqiyoti, dunyoning rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarning rivojlanib borayotgani, buyuk ajdodlarimiz merosi hamda iqtidorli yoshlarning izlanishlariga bag`ishlangan ko`rsatuvlari uchun |
Asosiy mukofotlar
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televidenie):
1-o`rin:
Ilvira Mamajonova |
– |
"Yoshlar" teleradiokanali Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi dasturlari bosh muharririyati bosh muharriri |
“To`maris”, “O`zbek adabiyoti” kabi ilmiy-ommabop ko`rsatuvlari uchun |
2-o`rin:
Anjim Bekbergenova |
– |
Qoraqalpog`iston Respublikasi teleradiokompaniyasi “Qoraqalpog`iston” telekanali Musiqiy dam olish va kino dasturlar bosh muharririyati katta muharriri |
“Muzika sirlari”, “Ulli tulg`alar” va “Sazlar siyqiri” kabi ko`rsatuvlari uchun |
3-o`rin:
Muqaddas Masharipova |
– |
"Toshkent" teleradiokanali “Poytaxt” informasion dasturlari bosh muharririyati sharhlovchisi |
Ijtimoiy muammolarga bag`ishlangan tahliliy va “Xolis nazar” turkumidagi ko`rsatuvlari uchun |
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):
1-o`rin:
Nasiba Faxriddinova
|
– |
O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi radio axborot markazi loyihasi muvofiqlashtiruvchisi |
“Kun tafsiloti”, “Itogi dnya” dasturlari uchun |
2-o`rin:
Samarqand viloyati teleradiokompa-niyasi jamoasi |
|
|
“Oltin meros”, “Radio sayohat”, “Fayzli oqshom”, “Oila – jamiyat tayanchi” singari radio eshittirishlari uchun |
3-o`rin:
Yulduz Mamajonova |
– |
Farg`ona viloyati teleradiokompaniyasi muharriri |
“Obod xonadon”, “Umr ziynati”, “Farg`ona oqshomlari”, “E`zoz” kabi dasturlari hamda “Bugunning gapi” turkum eshittirishlari uchun |
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (bosma OAV):
1-o`rin:
"Pravda Vostoka" gazetasi tahririyati |
– |
bosh muharriri Abbosxon Usmonov |
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, davlat dasturlari ijrosini tizimli, keng va sifatli yoritishdagi turkum materiallari uchun |
2-o`rin:
"Oila davrasida" gazetasi tahririyati |
– |
bosh muharriri Husniddin Berdiev |
“Davr nafasi”, “Dolzarb mavzu”, “Mustahkam oila”, “Sog`lom hayot” va “Aniq savolga aniq javob” kabi materiallari uchun |
3-o`rin:
Risliq Majnunova |
– |
"Namangan haqiqati" gazetasining katta muharriri |
“Ayollar saltanati” mualliflik sahifasi, ta`lim, ma`naviyat, oila, xotin-qizlar masalalariga bag`ishlangan tahliliy materiallari uchun |
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistika):
1-o`rin:
Ruslan Kenjaev |
– |
«Narodnoe slovo» gazetasi mas`ul kotibi o`rinbosari |
"Xalq so`zi" gazetasining www.xs.uz sayti hamda «Narodnoe slovo» gazetasining www.narodnoeslovo.uz saytiga tayyorlagan materiallari uchun |
2-o`rin:
Anvar Samadov |
– |
O`zbekiston Milliy axborot agentligi Xalqaro axborot tahririyati bosh muharriri |
“Xalqaro e`tiroflar zamiridagi ulkan haqiqat”, “O`zbekiston tinchlik va hamkorlik tarafdori”, “Ne`matlarning eng yaxshisi halovatdir”, “Ozod mamlakatga obodlik yarashadi” kabi maqolalari uchun |
3-o`rin:
Bunyodbek Shamsuddinov
|
– |
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti loyiha rahbari, Sharh.uz sayti muallifi |
“Demokratik islohotlarni amalga oshirish, fuqarolik jamiyatini barpo etishda yoshlarning o`rni va roli” loyihasi uchun |
"Eng yaxshi fotoreportaj" yo`nalishi:
Temur Qaysarov – «Ma`rifat» – «Uchitel Uzbekistana» gazetalari fotomuxbiri
“Eng yaxshi matbuot xizmati” yo`nalishi:
“O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati
Xalqaro va jamoat tashkilotlarining rag`batlantiruvchi mukofotlari:
BMT Axborot markazi
“O`zbekistonning rivojlanish yo`li mavzusi keng yoritilayotgan va yoshlar forumlarida katta qiziqish uyg`otayotgan onlayn (internet-nashr) materiallari uchun”
Nargis Qosimova – O`zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikasiya kafedrasi mudiri
YuNESKO
“Orol dengizi mintaqasidagi barqaror rivojlanish maqsadida ekologik jurnalistika bo`yicha eng yaxshi material uchun”
Nigora Shofayzieva – “Ulug` yo`l” gazetasi bosh muharriri o`rinbosari (Toshkent viloyati)
EXHT
“O`zbekiston xotin-qizlarining fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ishtirokiga bag`ishlangan turkum materiallari uchun”
Qutlibeka Rahimboeva – “Saodat” jurnali mas`ul kotibi
Jahon banki
“Muqobil energiya manbalarini tashkil etish va ulardan foydalanish masalalari haqidagi eng yaxshi material uchun”
Maryam Ahmedova – “Qadriyat” gazetasi muxbiri
“Mintaqaviy muloqot” XNNT (Sloveniya)
“Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Lobar Islomova – “Anhor.uz” veb-sayti bosh muharriri
O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi
“Keksalarni e`zozlash yiliga bag`ishlangan eng yaxshi material uchun”
Rayhon Jumaeva – Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi bo`lim mudiri
“Ijtimoiy sheriklik faoliyati yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Sayyora Rixsieva – “Toshkent haqiqati” gazetasi bo`lim mudiri
O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
“Jurnalistika rivojiga qo`shgan hissasi uchun”
Ikrom O`tbosarov – “Xalq so`zi” gazetasi bo`lim mudiri
«Sog`lom bola yiliga bag`ishlangan eng yaxshi material uchun»
Lyudmila Polonskaya – «Turkiston» – «Molodyoj Uzbekistana» gazetalari muxbiri
“Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi
“Odam savdosiga qarshi kurash mavzusidagi eng yaxshi material uchun”
Georgiy Petrosyan – IIV Birlashgan tahririyati bo`lim mudiri
Sayyora Bo`ronova – Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bo`lim mudiri
Manba: O`zA