Bugun, 14 aprel soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1054 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar berdi Sog`liqni saqlash vazirligi.
Eslatib o`tamiz, 13 aprel soat 23:00 holatiga ko`ra, infeksiya qayd etilganlar soni 998 nafarni tashkil qilgandi.
Hozirga qadar koronavirus oqibatida 4 kishi vafot etgan, shuningdek, bemorlarning 85 nafari butunlay sog`aygan.