AsosiyJamiyat

Jizzax postida ichki ishlar xodimlarini chalg`itmoqchi bo`lganlar boshqa "sir"larini ham fosh etib qo`yishdi

Ayni vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koronavirus infeksiyasining oldini...

'Jizzax postida ichki ishlar xodimlarini chalg`itmoqchi bo`lganlar boshqa "sir"larini ham fosh etib qo`yishdi'ning rasmi

Ayni vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koronavirus infeksiyasining oldini olishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Infeksiyaning tarqalib ketishiga qarshi har bir viloyat, tuman, shaharlarning kirish chiqish qismlarida blok-postlar tashkil etilgan.

Xususan, G`allaorol tumani hududida joylashgan “Sangzor-15” blok-postida ham karantin qoidalarining amal qilinishi bilan bog`liq profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda. Shunday sharoitda fuqarolardan so`raladigani uyida qolishi va belgilangan qoidalarga amal qilish xolos. Biroq karantin qoidalarini mensimasdan, ichki ishlar xodimlariga chap berib, jinoyat ko`chasiga kirib qolganlar ham afsuski yo`q emas.

G`allaorol tumani ichki ishlar bo`limi xodimlari “Sangzor-15” postida Jizzax-Samarqand yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Sharof Rashidov tumani, Samarqand mahallasida istiqomat qiluvchi 1989 y.t L.B. boshqaruvida bo`lgan “HYUNDAI PORTER II” yuk avtoulovini to`xtatib tekshirilganda 46 dona polietilen qoplarda 2300 kg “Ammofos” mineral hujjatlarsiz olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar beryapti.

Fuqaro L.B. ichki ishlar xodimlariga mineral o`g`itni Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi savdo do`konidan xarid qilganini bildirdi. Xarid cheklari yashash uyida qolganligi haqida ko`rsatma berdi.

Ushbu holat bo`yicha viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o`tkazilganda bir qancha qonunbuzilish holatlari yuzaga chiqdi.

Ya`ni, fuqaro L.B. mineral o`g`itning 12 ta qopini Sharof Rashidov tumani, Samarqand mahallasida istiqomat qiluvchi 1992 y.t..lgan “Baraka Ruslanbek” fermer xo`jaligi raisi A.R. dan sotib olgan.

Surishtiruv davomida yuk mashinasidagi 1400 kilogramm mineral o`g`it Jizzax shahar, Olmazor mahallasida istiqomat qiluvi M.S.ga tegishli ekanligi ma`lum bo`ldi.

Fuqaro M.S. ushbu mineral o`g`itlarni Paxtakor tumanidagi “Birlik uchquni” hamda “Farrux paxta-g`alla” fermer xo`jaligi raislaridan xarid qilgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB JQB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar