2015 yil 5 may kuni soat 22:20da Toshkent Markaziy vokzalidan yo`lga chiqdi navbatdagi “Salomatlik” poezdi yo`lga chiqadi.
“Salomatlik” poezdi 2015 yilning 5-13 may kunlari “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O`zbekiston temir yo`llari” DATK hamkorlikda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari aholisi uchun Toshkent – Sariosiya – Qumqo`rg`on – Boysun – Oqrobod – Dehqonobod – Toshkent yo`nalishida tashkil etiladi.
Navbatdagi “Salomatlik” poezdi uchun “O`zbekiston temir yo`llari” DATK tomonidan maxsus vagonlar taqdim etilgan.
Malakali shifokorlar bilan birga joylarda Fondning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ko`chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari xodimlari ham aholiga tibbiy xizmat ko`rsatadi. Ushbu xayriya aksiya davomida aholiga va davolash profilaktika muassasalariga umumiy qiymati 1 milliarddan oshiq so`mga teng bo`lgan insonparvarlik yuklari (500 dona oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat paketlar, nogironlik aravachalari, vitaminlarga boyitilgan quritilgan sabzavot sho`rvasi, yozgi va qishki oyoq kiyimlar, dori-darmon, tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiena vositalari o`quv qurollari va boshqalar)dan iborat muruvvat yordamlari etkazib berdi.
Mazkur poezd o`z rejasi davomida borishi ko`zda tutilgan Sariosiya, Qumqo`rg`on, Boysun, Oqrobod, Dehqonobod stansiyalariga yaqin hududlardan tashqari “Sog`lom avlod uchun” fondi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyat hududiy filiallarining avtoambulans mashinasi orqali hududdagi barcha “Muruvvat”, “Mehribonlik” va “Saxovat” shu bilan bir qatorda markaziy shifoxonalar, viloyat bolalar tug`ruq komplekslariga hamda ko`zi ojiz, aqli zaif va kar-soqov bolalar maxsus maktab internatlariga o`z yordamini ko`rsatdi.
“Salomatlik” poezdi o`z ishini 6 may kunidan boshlaydi va bir hafta davomida malakali mutaxassislar tomonidan yoshi keksa otaxon va onaxonlar, nogiron bolalar, xotin-qizlar, boquvchisini yo`qotgan va ko`p bolali oilalarni tibbiy ko`rikdan o`tkazildi, joylarda maxsus muassasalar, yordamchi maktab va maktabgacha ta`lim muassasalariga muruvvat yordamlarini topshirildi, shu bilan bir qatorda aholi orasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qiluvchi uchrashuvlarni tashkil etildi.
Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad – ekologik jihatdan noqulay sharoitda istiqomat qiluvchi aholini ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni, shuningdek, chekka qishloqlarda yashayotgan ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy jihatdan qo`llab-quvvatlash, aholining tibbiy savodxonligini oshirish hamda muruvvat harakatini rivojlantirish ishiga keng jamoatchilik e`tiborini jalb etish.
Tadbir xomiylari sifatida Germaniya Respublikasi, AQShning “AmeriCares”, “Toms Shoes” va “Resourse & Police Exchange” xalqaro tashkilotlari, “Dori-darmon” AK, “Navruz PTK” MChJ, “Farmed” QK, “Orto best” MChJ, “INTERGLOBE” MChJ va boshqalar.





