“O`zavtosanoat” AJ va uning tizimidagi tashkilotlar “O`zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 1 milliard so`mdan ortiqroq mablag` o`tkazib berilgani aytilmoqda.
Avtomobilsozlik sohasi rahbarlari va korxonalar xodimlari bir kunlik ish haqlarini aholining muhtoj qatlamlariga oziq-ovqat, dori-darmon va gigiena vositalarini xarid qilishlari uchun o`tkazib berdilar, deyiladi xabarda.






