2020 yil 15 aprel soat 16:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1275 nafarni tashkil qilmoqda.
15 aprel soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1214 nafarni tashkil qilgan edi.
Hozirga qadar koronavirus oqibatida 4 kishi vafot etgan, shuningdek, bemorlarning 99 nafari butunlay sog`aydi.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma`lumotga ko`ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 102 bemorning 27 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 2 nafarining ahvoli og`ir, 1 nafarining ahvoli nisbatan og`ir va yana 1 nafarining ahvoli o`ta og`ir deb baholanmoqda.