Kecha, 15 aprel kuni internet ijtimoiy tarmog`ining “MILITSIYA UZB” kanalida “Karantinda hamma asabda. Lekin qonun talabi bajarilmasa, asab portlash xodisasining eng kichigi shunaqa bo`lishi mumkin. Kamera yoqilishidan oldin nimadur bo`lgani aniq” sarlavhali videotasvirlar joylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.
O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 mart kunidagi bayoniga asosan, joriy yilning 30 mart kunidan avtotransport vositalarida viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida bemaqsad va maxsus ruxsatnomasiz xarakatlanish ta`qiqlangan.
Shunga ko`ra, Qarshi shahrida SOVID-19 kasalligini tarqalishini oldini olish maqsadida 2020 yil 14 aprel kuni ertalabki xizmat taqsimotiga asosan viloyat IIB YHXB YPXB 1-YPX otryadi 1-safarbarlik guruhi YPX inspektori safdor Omonturdiev Bahrom Elmurodovich Qarshi shahar Jayhun va Nasaf ko`chalari kesishgan chorrahada xizmatga jalb qilingan. Shu kuni soat taxminan 14:00larda “LABO” rusumli 70 171 VAA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi bir necha bor uni oldidan o`tib qaytib “komandir noto`g`ri tushunmaysiz, Sizlarni tashkilotlaringizdan kattaroq tashkilotdan ruxsat olib qo`yganmiz”-deb aytganida, uni to`xtatib “to`g`ri Sizda maxsus ruxsatnoma bor, lekin bu ruxsatnoma maqsadsiz ko`chada yurish uchun berilmagan”,-deb ogohlantirib qo`yib yuborgan. Safdor B.Omonturdiev Milliy gvardiya xodimi serjant J.Haqburdiev bilan soat taxminan 17:00larda Jayhun ko`chasidan kelayotgan avtomashinalarni Nasaf ko`chasi orqali I.Karimov ko`chasiga ya`ni shahar markaziy ko`chalariga harakatlanishini cheklab turgan vaqtlarida “LABO” rusumli 70 171 VAA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi kelib “qoch ko`rmayapsanmi, ruxsatnomam bor”,-deb samimiyatsizlik qilib YPX xodimi va Milliy gvardiya xodimlari bilan gap talashgan. Shunda safdor B.Omonturdiev Milliy gvardiya xodimi serjant J.Haqburdiev haydovchini avtomashinadan tushirib orqada unda boshqa avtomashinalarda ham maxsus ruxsatnoma borligini, lekin ular to`g`ri tushinib shahar atrofi bo`ylab harakatlanayotganligini ko`rsatmoqchi bo`lib uni mashinadan tushishini talab qilib haydovchining yoqasidan ushlab tortgan.
Haydovchini yonida bo`lgan fuqaro ushbu holatni to`liq videotasirga olgan bo`lsada, aynan YPX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan haydovchini yoqasidan tortib tushirmoqchi bo`lgan qismini olib ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv o`tkazilmoqda.






