AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar o`z vaqtida to`lanadi — Prezident qarori

“Koronavirus pandemiyasi davrida O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini t...

'O`zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar o`z vaqtida to`lanadi — Prezident qarori'ning rasmi

“Koronavirus pandemiyasi davrida O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta`minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o`z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanalida ma`lum qilmoqda.

Qaror bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O`zbekiston Davlat byudjetining barqarorligini ta`minlash va byudjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yo`nalishlari belgilandi.

Muhim ijtimoiy xarajatlarning to`liq amalga oshirilishini ta`minlash, muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanmagan loyiha va xarajatlarni keyingi davrlarga ko`chirish kabilar shular jumlasidan.

 Byudjet tushumlari birinchi navbatda quyidagilarni moliyalashtirishga yo`naltiriladi:

* koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo`yicha tadbirlarga, jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta`mirlash va ularni jihozlashga;

* ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni o`z vaqtida to`lashga;

* oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal to`lovlar va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan xarajatlarni qoplashga;

* Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga.

    Boshqa yangiliklar