AsosiyJamiyat

Ochiq ma`lumotlar portaliga 140ga yaqin ma`lumotlar joylashtirildi

Ochiq ma`lumotlar portali yaqindagina ishga tushgan bo`lishiga qaramay, unda 2 oy mobaynida 14 ta tashkilotning 140ga yaqin ma`lumotlar to`plami joylashtirildi.

Savol tug`iladi: “Ma`lumotlar to`plami bu nima?”

Sayt tuzuvchilarining bergan ma`lumotlariga ko`ra,- “Bu alohida elementlardan tarkib topgan, vositalar to`plami xususiyatiga ega bo`lgan, avtomatlashtirilgan tizimlarning inson aralashuvisiz bunday elementlarni identifikatsiya qilish, talqin etish va qayta ishlash imkonini beruvchi davlat organlarining tizimlashtirilgan bir ko`rinishdagi ma`lumotlaridir”.

Ochiq ma`lumotlardan foydalanuvchi shaxs undagi ma`lumotlardan erkin, muddatsiz, tekinga va hududiy cheklovlarsiz foydalanish huquqiga ega.Shuningdek, u ochiq ma`lumotlarni ko`paytirish, nashr etish, tarqatish, ko`rinishiga o`zgartirish kiritish va ularni boshqa ma`lumotlar bilan birlashtirish, ochiq ma`lumotlardan tijorat maqsadida foydalanish, dasturiy mahsulotlar va ilovalar yaratish imkoniyatiga ega.

Hozircha Ochiq ma`lumotlar portaliga eng ko`p ma`lumotlar taqdim etgan davlat tashkilotlari bular - Davlat Statistika qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Davlat banki hamda Moliya vazirligidir.

    Boshqa yangiliklar