Amerikaning Arton Capital kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Passport Power Rank (pasportlar kuchi)reytingida O`zbekiston 64 o`rinni egalladi.
Reyting Xalqaro havo transporti agentligi (IATA) va boshqa manbalarning ma`lumotlari asosida tayyorlandi. Pasport kuchi deganda uning egasi vizasiz ham bora oladigan mamlakatlar nazarda tutilmoqda.
O`zbekiston ushbu reytingda Zimbabve, Kongo, Tojikiston, Burkina-Faso, Mavritaniya, Misr bilan bir qatordan joy oldi. Ushbu mamlakat fuqarolari vizasiz 53 mamlakatga uchishlari mumkin.
Ta`kidlash joizki, Rossiya reytingda 35 o`rinni egalladi (98 mamlakat), Qozog`iston – 53 o`rin (65 mamlakat), Turkmaniston – 70 (47 mamlakat) va Qirg`iziston – 63 (54 mamlakat).
Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida birinchi o`rinni AQSh va Buyuk Britaniya egalladi. Ushbu mamlakat fuqarolari vizasiz dunyoning 147 ta mamlakatiga borishlari mumkin.
Ikkinchi o`rin uch mamlakat — Fransiya, Janubiy Koreya va Germaniyaga tegishli. Uchinchi o`rin Shvesiya va Italiyaga nasib qildi.