Buxoro viloyat hokimligi, “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo`limi tomonidan viloyatining turistik brendi (logo va shiori)ni ishlab chiqish bo`yicha ko`rik-tanlov e`lon qilinadi.
Tanlovni o`tkazishdan maqsad Buxoro viloyat turistik salohiyatini dunyoga tanitish, targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borish, hududda yagona turistik bredning shakllanishi bilan birga uni dunyoga keng targ`ib qilish, tanlov doirasida yurtimiz jamolini, tarixiy va madaniy me`roslarimizni, yurtimizdagi mehmonnovozlikni o`zida aks ettirgan brend yaratish bo`yicha ko`rik-tanlov o`tkazishdan iborat.
Bu ko`rik-tanlov yangi, antiqa loyihalar takliflardan saralab olinadi va Buxoro viloyatining turistik brendi maqomiga ega bo`ladi. G`oyalar va loyihalardan orasidan eng yaxshisi saralanadi. Mazkur ko`rik-tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
Buxoro viloyatining turistik brendi (logo va shiori)ni ishlab chiqish bo`yicha ko`rik-tanlovining “Eng zo`r turistik brend” hamda “Eng zo`r turistik brend shiori” nominasiyalari g`oliblari tanlanadi.
Ishtirokchilarni ro`yxatga olish uchun “Eng zo`r turistik brend” hamda “Eng zo`r turistik brend shiori” nominasiyalari bo`yicha viloyat ishchi guruhi nomiga ariza yozish orqali amalga oshiriladi (ariza namunasi ilova qilinadi).
Buxoro viloyatining turistik brendi (logo va shiori)ni ishlab chiqish bo`yicha ko`rik-tanlovining “Eng zo`r turistik brend” hamda “Eng zo`r turistik brend shiori” nominasiyalari g`oliblari:
1-o`rin 2 ta nominatsiyalar bo`yicha - 2 ta noutbuk hamda g`oliblikni tasdiqlovchi diplom;
2-o`rin 2 ta nominatsiyalar bo`yicha - 2 ta planshet;
3-o`rin 2 ta nominatsiyalar bo`yicha - 2 ta fotoapparat hamda g`oliblikni tasdiqlovchi diplomlar bilan viloyat ishchi guruhi tomonidan taqdirlanadilar.
Tanlov natijalari viloyat ishchi guruhi tomonidan Hakamlar hay`ati qaroridan so`ng viloyat teleradiokompaniyasi, barcha ommaviy axborot vositalari orqali hamda www.buxoro.uz, www.uzbektourism.uz veb saytlarida e`lon qilinadi.
Ko`rik-tanlov 2015 yil 4-5 sentyabr kunlari Buxoro shahrida o`tkaziladi.





