AsosiyJamiyat

Tadbirkorlar uchun “bir darcha” yagona markazlari tashkil etiladi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subektlarini ro`yxatdan o`tkazish inspeksiyalari negizida tadbirkorlik sub`ektlariga “bir darcha” tamoyili bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatish yagona markazlari tashkil etiladi.

Mazkur tadbir “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil, 15 maydagi Farmoniga ko`ra amalga oshiriladi.

1 iyulga qadar turli idoralar huzuridagi “bir darcha” xizmatlari tomonidan ko`rsatilayotgan davlat xizmatlari to`liq inventarizasiyadan o`tkazilib, “bir darcha” markazlari tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar tizimiga integrasiya qilinadi.

Bundan tashqari Farmonda ta`sis hujjatlari va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun taqdim etiladigan boshqa hujjatlar, jumladan, lisenziya va ruxsat berish tartib-taomillarining namunaviy shakllari ishlab chiqilishi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, “bir darcha” markazlarining faoliyati 2016 yilning 1 yanvaridan kechiktirmasdan boshlanishi ta`minlansin, shu muddatdan boshlab "bir darcha" markazlari tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar uchun boshqa davlat va xo`jalik boshqaruv organlariga tadbirkorlik subektlaridan bevosita hujjatlar qabul qilish taqiqlangan. 

Tadbirkorlik subektlarini davlat ro`yxatiga olishdan tushayotgan davlat bojining jami summasi tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subektlarini ro`yxatdan o`tkazish inspeksiyalari daromadiga, 2016 yilning 1 yanvaridan esa “bir darcha” markazlarini moliyalashtirish manbai sifatida ularning daromadiga o`tkazilsin, kelib tushgan mablag`lar faqat markazlar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarni rag`batlantirish maqsadlariga yo`naltirilishi belgilangan.

Ko`rinib turibdiki, “bir darcha” markazlari faoliyatini takomillashtirish qog`ozbozlikning oldini oladi, vaqt va mablag` tejalishiga olib keladi.

    Boshqa yangiliklar