1

Siril Myuller O`zbekiston Respublikasining «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Siyosat 21.04.2020, 09:44
Siril Myuller O`zbekiston Respublikasining «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Siril Myullerni O`zbekiston Respublikasining «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlash to`g`risida​O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  Farmoni e`lon qilindi. Unga ko`ra, Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqalari bo`yicha vise-prezidenti Siril Myuller O`zbekiston Respublikasining «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Siril Myuller ushbu mukofotga mamlakatimiz iqtisodiyotida keng ko`lamli islohotlarni amalga oshirish va ustuvor tarmoqlardagi modernizasiya dasturlarini ro`yobga chiqarishda strategik sherik hisoblangan Jahon banki guruhi bilan O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi ko`p qirrali va samarali hamkorlikni shakllantirish va har tomonlama mustahkamlashga, bank-moliya, soliq-byudjet, qishloq xo`jaligi va boshqa sohalardagi tub o`zgarishlar jarayoniga qo`shayotgan shaxsiy hissasi, shuningdek, yirik investisiya va infratuzilma loyihalarini ro`yobga chiqarish borasidagi amaliy ko`magi, O`zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish yo`lidagi ulkan sa`y-harakatlari hamda Markaziy Osiyoda do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va o`zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni faol qo`llab-quvvatlayotgani uchun loyiq deb topilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1