AsosiyJamiyat

Lisey va kollej bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasi monitoring qilinadi

Joriy yilning 21 may - 13 iyun kunlari akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta`lim fanlari bo`yicha ta`lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoring qilinadi.

Monitoringga jalb qilinadigan ta`lim muassasalari hududiy boshqarmalarda qur`a tashlash orqali aniqlab olinadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan bittadan lisey va ettitadan kollejlar monitoringda qatnashadi.

Monitoring jarayonida bitta bitiruvchi bosqich guruhi tanlab olinib, o`quvchilar “Ona tili va adabiyoti”, “Matematika”, “Xorijiy til” fanlaridan 12 tadan (jami 36 ta) savoldan iborat test sinovlari topshiradilar.

Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida monitoring o`tkazish muddatlari Davlat test markazi saytida e`lon qilingan.

Monitoring guruhiga hududiy boshqarmalardan mas`ul xodimlar va jamoatchi ekspert sifatida OTMlar professor-o`qituvchilari jalb qilinadi.

    Boshqa yangiliklar