Qashqadaryo. 2020 yilning 20 aprel kuni soat 21:30 da 32 yoshli Sh.S., «Spark» rusumli avtomashinasini, “Koson-Muborak” yo`nalishi bo`ylab boshqarib ketyotib, A-380 yo`lning 121 kilometrida qarama-qarshi yo`lga chiqib ketib, shu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan 41 yoshli D.X., ning boshqaruvida bo`lgan «Zil» rusumli yuk avtomashinasiga urilib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada «Spark» avtomashina haydovchisi Sh.S., hodisa joyida og`ir tan jarohati olib vafot etgan.
Holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, amaldagi yo`l harakati qoidalariga so`zsiz rioya qilishingizni, transport vositasini boshqarishdan oldin, uning texnik holatini tekshirib va xushyor holda boshqarishingizni so`raymiz.