AsosiyJamiyat

Farg`onada MIB xodimlari ko`chama-ko`cha yurib aholidan faqat elektr va gaz uchun to`lov so`rab yurgani yo`q. Aksincha...

'Farg`onada MIB xodimlari ko`chama-ko`cha yurib aholidan faqat elektr va gaz uchun to`lov so`rab yurgani yo`q. Aksincha...'ning rasmi

Farg`onada Byuro organlari xodimlari ko`chama-ko`cha yurib aholidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to`lovlarini to`lashni talab qilayotganliklari yo`q, aksincha joylarda kommunal to`lovlarni to`lash tugul, kunlik oziq-ovqati masalasini hal qila olmayotgan muhtoj oilalarni aniqlab ularga moddiy va ma`naviy ko`mak berish yo`lini tutmoqdalar.  

Xususan, Byuroning Farg`ona viloyati organlari tomonidan o`tgan davrda 483 ta muhtoj oilalarning 99 mln. 409,1 ming so`mlik moddiy masalalari hal etilgan bo`lib, shundan 152 ta oilaning 37 mln. 355 ming so`mlik elektr, 103 ta oilaning 27 mln. 474,1 ming so`mlik, 82 ta oilaning 8 mln. 187 ming so`mlik maishiy chiqindidan bo`lgan qarzlari homiylik asosida bartaraf etilgan bo`lsa, 146 ta oilaga 26 mln. 393 ming so`mlik moddiy yordam ko`rsatilgan.  

Masalan, shu kunlarda O`zbekiston tumanida 7 ta muhtoj oilalar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 1 mln. 245,0 ming so`mlik qarzdorlikni to`lay olmayotganliklari aniqlandi. Ushbu qarzlar nafaqat homiylik yordamida bartaraf etildi, balki ushbu ehtiyojmand oilalarga bo`lim tomonidan umumiy qiymati 2 mln. so`mlik maxsus oziq-ovqat mahsulotlari beminnat etkazib berildi.  

Shuningdek,  Beshariq,  Buvayda tumanlarida ham ana shunday oilalar aniqlanib, ularga beminnat yordam ko`rsatildi.

Hozirgi sinovli kunlarda duoga ochilgan qo`llar og`ir kunlarda tez kunlarda ortda qolib, yorug` kunlarga etib olishimizga xizmat qiladi, deyilsa mubolag`a bo`lmas.  

 Karantinli kunlarda Farg`onada MIB xodimlari tomonidan bunday xayrli tadbirlar bir kun ham to`xtamaydi.  

 

    Boshqa yangiliklar