AsosiyJamiyat

Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi'ning rasmi

FVB ma’lum qilishicha, 2 may kuni soat 13:30 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasida elektromobil yo‘l transport hodisasi sodir etgan avtomobil yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 13:34 da yetib borib, yong‘in soat 13:57 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar