O`zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Al Azhar elektron fatvo markazining koronavirusga oid fatvolari e`lon qilindi.
Unda, jumladan, koronavirusdan saqlanish uchun tibbiy niqobda yurish zarur bo`lgan ayni kunlarda niqob taqib namoz o`qishning hukmi qanday ekanligi borasidagi savolga javob berilgan.
Koronavirusdan saqlanish uchun taqilgan niqob bilan namoz o`qishning hukmi quyidagicha:
«Islom tadqiqotlari markazi huzuridagi Fatvo hay`ati musulmonlarga koronavirus tarqalishi yoki yuqishidan ehtiyot bo`lish sababli taqib oladigan niqoblarda namoz o`qishning zarari yo`qligini qayd etgan».
Musulmonlar idorasi tomonidan berilgan fatvolarda masjidlarda namoz o`qishni to`xtatishning hukmi haqida ham ma`lumot berib o`tilgan.
«Misr fatvo uyi (Dorul ifto) Azhar shayxi va Misr vaqf vazirining yangi turdagi koronavirus tarqalishini oldini olish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar doirasida, ikki hafta mobaynida, Respublikaning barcha hududlarida jamoat va juma namozlarini ado etishni to`xtatib, azon aytish bilan kifoyalanish qarorlarini ma`qullashini e`lon qildi. O`zbekiston musulonlar idorasining fatvosi ham shunday mazmunda chiqarilgan».
Virus yuqishidan qo`rqib kursiga o`tirib namoz o`qish hukmi haqidagi savollarga ham javob berildi.
«Shayx U`vayda Usmon (Dorul ifto bosh kotibi): koronavirus yuqishidan qo`rqib kursiga o`tirib namoz o`qish mumkin emas. Musulmon kishi uchun zarur ehtiyot choralarini ko`rishgina vojib bo`ladi».
Eslatib o`tamiz, Koronavirusdan vafot etganlar shahid maqomida bo`lishlari ma`lum qilingan.






