AsosiyJamiyat

Yagona portalda yangi xizmat ishga tushdi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushdi. U orqali siz Soliq to`lovchining individual raqami (STIR) haqida ma`lumot olishingiz mumkin bo`ladi. 

Davlat soliq qo`mitasining yangi xizmati “Soliq to`lovchining individual raqami (STIR) ni aniqlash” sizga o`zingizning STIR haqida bir zumda ma`lumot olish yoki "Soliq to`lovchining Davlat soliq qo`mitasida ro`yxatga olinganligi va unga identifikasiya raqami berilganligi to`g`risida”gi guvohnomani shakllantirish va chop etish imkoniyatini beradi.

    Boshqa yangiliklar