AsosiyJamiyat

Farg`onada ko`chadagi mast ayollardan birida koronavirus aniqlanganmi?

Farg`onada ayollik sha`niga dog` tushirgan tartib buzarlarga nisbatan qonuniy chora ko`ril...

'Farg`onada ko`chadagi mast ayollardan birida koronavirus aniqlanganmi?'ning rasmi

Farg`onada ayollik sha`niga dog` tushirgan tartib buzarlarga nisbatan qonuniy chora ko`rildi. Bu haqda Effekt.uz xabar bermoqda.

Yozilishicha, joriy yilning 24-aprel kuni Farg`ona shahar Kirguli mavzesida yashovchi 3 nafar ayollar O`zbekiston Respublikasida belgilangan “yakkalash“ turmush tarzi talablarini qo`pol ravishda buzib, karantin qoidalariga rioya qilmasdan, yuziga niqob (maska taqmasdan, Farg`ona shahar Yangi asr ko`chasidagi ko`p qavatli uy oldida spirtlik ichimlik ichishgan.

So`ng voqea joyiga Farg`ona shahar IIO FMB 2-son IIB profilaktika inspektorlari kelganida, ushbu 3 nafar ayol mast xolda IIO xodimlarini “tartib buzarlikni to`xtatish to`g`risidagi“ qonuniy talablarini bajarmasdan, jamiyatda o`rnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimasdan uyatli so`zlar bilan so`kinishgan. Shundan so`ng IIB xodimlari tomonidan ushbu ayollarga nisbatan tegishli hujjatlar toʻplanib, Farg`ona shahar ma`muriy sudiga taqdim qilingan. Sud jarayonida 3 nafar ayolga O`z.R. MJTKning 54, 183, 194 moddalari bilan uzil-kesil 10 sutka qamoq tayinlangan

Suddan so`ng IIB xodimlari ushbu 3 ayolni ma`muriy qamoq jazosini o`tashi uchun Farg`ona viloyati IIB Maxsus qabulxonasiga olib borilganda, ularning birida tanasining xarorati yuqori ekanligi aniqlangan.
Shu zahotiyoq ayollarning barchasi Farg`ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilib, ular bilan birga hujjatlarni tuzgan va konvoylik qilgan Farg`ona shahar IIO FMB xodimlari ham karantinga olingan. Tibbiy tekshiruv yakuniga ko`ra o`sha tana harorati yuqori bo`lgan ayolda koronavirus alomatlari yo`qligi va karantindagi boshqa shaxslarda aniqlanmaganligi uchun qo`yib yuborilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlarini xizmati to`g`risida turli salbiy va ijobiy fikrlar bildirilmoqda. Lekin, aytingchi, agarda IIO xodimlari qonunni ijrosini shunday befarq odamlardan talab qilmasa, unda karantini tinch o`tishiga kim kafolat beradi?

"Biz hozirda Farg`ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi ma`muriyatidan bu ayollar ishini ko`rib chiqgan Farg`ona shahar Ma`muriy sudi raisi va xodimlarini sog`lig`i to`g`risida ma`lumot berilishini kutib qolamiz. Chunki bizda bor boʻlgan maʼlumotga koʻra Fargʻona shahar ma`muriy sudi xodimlari xam shu voqeadan so`ng tibbiy tekshiruvdan o`tishgan" deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar