AsosiyJamiyat

Xorijdan koronavirus yuqtirib kelib Toshkentda davolanayotgan 13 nafar bemor ham sog`aydi

'Xorijdan koronavirus yuqtirib kelib Toshkentda davolanayotgan 13 nafar bemor ham sog`aydi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 2 nafar bemor butkul sog`ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida sog`ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ulardan 9 nafari Turkiyadan Istambul – Toshkent yo`nalishida, 3 nafari Rossiyadan Moskva – Toshkent yo`nalishida, 1 nafari esa Seul – Toshkent yo`nalishida charter reyslar orqali kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 

Bemorlardan 8 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Ushbu klinikada shu paytga qadar 49 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 63 nafarga etdi.  

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog`ayib chiqqan 53 yoshli va 38 yoshli bemorlar (ayol) Toshkent shahridan bo`lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Mazkur klinikada shu paytga qadar 75 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 77 nafarga etdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog`ayganlar 826 nafarga etdi.

Boshqa yangiliklar