Rishton tumanida 16 aprel kuni A.B. boshqaruvidagi “Nexia-2” avtomashinasida Bo`ston qishlog`i hududida ketayotib, velosipedchi K.Sh.ni urib yuborgan. Oqibatida K.Sh. tan jarohat olib, shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






