AsosiyJamiyat

Inspektorni mashinasida sudrab ketgan haydovchi 15 sutka qamaldi

'Inspektorni mashinasida sudrab ketgan haydovchi 15 sutka qamaldi'ning rasmi

22 aprel kuni soat 11:00 lar atrofida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar, «Do`stlik» mahallasi hududida haydovchi M.S. “Matiz”da taksichilik bilan shug`ullanganligi aniqlangan. Ushbu mahallada xizmat vazifasini bajarib turgan profilaktika inspektori J.Turdievga hujjatlarini taqdim qilmasdan uni o`z avtomashinasida yon eshigi ochiq holda 50 metr masofagacha sudrab ketgan. 

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, J.Turdiev shahar IIB boshlig`i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, haydovchi M.S. xatti-harakati yuzasidan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Haydovchi M.S. karantin qoidalariga amal qilmay, xizmat vazifasini bajarayotgan Ichki ishlar organi xodimiga qo`pol munosabatda bo`lgan. Bu ham etmagandek, undan hujjatlarni so`ragan J.Turdievni mashina eshiklarini yopmay sudrab qochib ketishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 22 aprel kuni Shahrisabz shahar Ma`muriy sudi tomonidan 1987 y.t. M.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining tegishli moddalariga asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

    Boshqa yangiliklar