Davlat statistika qo`mitasi xabariga ko`ra, 2020 yilning birinchi choragida O`zbekistonda 37,5 mingta o`lim qayd etilgan (mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o`lim koeffisienti 4,4 promilleni tashkil etdi). Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot taqdim etdi. O`tgan 2019 yilga qaraganda pasayish (2019 yilning yanvar-mart oylarida 4,5 promille bo`lgan) kuzatildi.
2020 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan o`lim holatining
- 62,4 foizi - qon aylanish tizimi kasalliklaridan;
- 9,3 foizi – o`simtalardan;
- 5,5 foizi - nafas olish a`zolari kasalliklaridan;
- 4,8 foizi - ovqat hazm qilish a`zolari kasalliklaridan;
- 4,3 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan;
- 1,4 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,3 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro`yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 2,1 ming nafarni tashkil etib, ularning 51,1 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 23,9 foizi nafas olish a`zolari kasalliklaridan, 13,2 foizi tug`ma anomaliyalardan, 4,0 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan, 2,5 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,5 foizi ovqat hazm qilish a`zolari kasalliklaridan va 4,8 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.






