AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2020 yilda tug`ilgan chaqaloq koronavirusdan tuzaldi

'O`zbekistonda 2020 yilda tug`ilgan chaqaloq koronavirusdan tuzaldi'ning rasmi

Bugunning ilk xushxabarini Farg`ona viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqqanligi haqidagi yangilik bilan boshlaymiz. Sog`ayganlar viloyatlar sog`liqni saqlash boshqarmalari mas`ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV.

Farg`onadan sog`ayganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo`lib, 4 nafari Farg`ona viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan va 1 nafari Sirdaryo viloyatidan. Ularning 5 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, kasallikni yuqtirib olgan. Eng yoshi kattasi 48 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug`ilgan. Viloyatda shu paytga qadar 52 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 59 nafarga etdi.

Qashqadaryoda tuzalib chiqqan 14 yoshli (erkak ) bemor Chiroqchi tumanidan  bo`lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyatda shu paytga qadar 4 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 5 nafarga etdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar soni 900 nafarni tashkil etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar