AsosiyJamiyat

Andijonda 13 yoshli qizga eri bilan jinsiy aloqa qilib, berishini so‘ragan ayol jazolandi

Ayol qo‘shni qizga bu ish evaziga 50 ming so‘m berishini aytgan. Buni eshitgan er qiz bunga rozi bo‘lsa, 50 ming emas 100 ming taklif qilgan.

'Andijonda 13 yoshli qizga eri bilan jinsiy aloqa qilib, berishini so‘ragan ayol jazolandi'ning rasmi

Andijon viloyatining Asaka tumanida voyaga yetmagan 13 yoshli qizga jinsiy aloqa qilish taklifini bergan 37 yoshli er va 32 yoshli xotin jazoga tortildi. Bu haqda Oliy sud portalida sud qarori keltirilgan.

Huquqbuzar 2024 yil 9 noyabr kuni ayol T.Yu. o‘zining qo‘shnisi bo‘lgan voyaga yetmagan M.S.dan eri B.A.ning jinsiy extiyojini qondirib qo‘yishini so‘rab unga 50 ming so‘m taklif qilgan va M.S.ning sha’ni va qadr qimmatini tahqirlab, shaxvoniy shilqimlik qilgan. Er suhbatni eshitib, agar qiz rosi bo‘lsa, 50 ming so‘m emas, 100 ming so‘m berishini aytgan. Qiz esa qo‘rqib ketib, uyiga qochib chiqib ketgan.

Sud majlisida huquqbuzar B.A. aybiga iqror bo‘lib, haqiqatdan ham 2024 yil 9 noyabr kuni, turmush o‘rtog‘i T.Yu. bilan jinsiy aloqadan qoniqmaganligini sababli, turmush o‘rtog‘idan qo‘shnisi M.S.ni o‘zining jinsiy extiyojini qondirib qo‘yishi uchun yashash xonadoniga olib chiqishini so‘rab o‘zi uxlab qolganligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib qonuniy yengillik berishini so‘ragan.

Sud majlisida jabrlanuvchi voyaga yetmagan M.S. T.Yu. uning o‘zini yashash xonadoniga olib kirib, uni turmush o‘rtog‘i B.A. bilan jinsiy aloqa qilib bo‘shantirib qo‘yishligini so‘raganligini, uni ko‘zini bog‘lab qo‘yishlarini, xech nimani ko‘rmasligini, og‘rimasligini aytib, evaziga 50 ming so‘m pul berishini taklif qilganligini bildirgan.

Sud qarori bilan erkak B.A. MJtKning 411-moddasi 1-qismi bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Uning ayoli T.Yu.ga esa shu modda bilan 750 ming so‘m darima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, T.Yu. oradan biroz vaqt o‘tib, sudga apellyatsiya berib, apellyatsiya shikoyatida, jabrlanuvchi yolg‘on gapirayotganini ko‘rsatib, adolatli qaror qabul qilishni so‘ragan. Ammo, sud apellyatsiya shikoyatini rad etib, tayinlangan jazoni o‘zgarishsiz qoldirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.

    'Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi

    "O'zgidromet" 23 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 19:59

    Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi

    Onix haydovchisi xodimning toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, tezlikni oshirgan va YPX xodimini mashinada urib ketgan.

    '1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 18:55

    1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi

    Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqiladi. Prezident qarori bilan yangi choralar e’lon qilindi.

    'Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 14:33

    Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi

    "Volgograd-Toshkent" yo'nalishida harakatlanib kelayotgan poezd Qoraqalpog'istonda tekshirilganda 2 ta vagonda noqonuniy tibbiy buyum va dorilar borligi aniqlandi.

    'Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 13:32

    Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi

    Uyda uning yonida 2 nafar farzandi bo'lgan. Farzandlaridan biri ham zaharlanish oqibatida vafot etgan. Ikkinchisi shifoxonada davolanmoqda.