AsosiyDunyo

Filadelfiyada tibbiy samolyot savdo markaziga qulab tushdi

Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi.

'Filadelfiyada tibbiy samolyot savdo markaziga qulab tushdi'ning rasmi

Olti kishi bo‘lgan tibbiy samolyoti Filadelfiyada parvozdan ko‘p o‘tmay halokatga uchradi. Kuchli portlashdan chiqqan olov bir necha uyni qamrab oldi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berildi.

"Biz tirik qolganlar borligini tasdiqlay olmaymiz. Biz bemorning oilasi, xodimlarimiz, ularning oilalari va yer yuzida jarohatlanishi mumkin bo‘lgan boshqa jabrlanganlar haqida qayg‘uramiz," - deyiladi Jet Rescue Air Ambulance kompaniyasi bayonotida. 

Ma’lum bo‘lishicha, u yerda yuz bergan avariya oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 19 kishi tan jarohati olgan.

Ushbu aviahalokat AQSHda so‘nggi o‘n yilliklardagi eng halokatli aviahalokatdan atigi ikki kun o‘tib sodir bo‘ldi.

Filadelfiyadagi eshik qo‘ng‘irog‘i kamerasi samolyotning savdo markazi va qatnov qismi yonida yerga qulab, portlagani aks etgan kadrlar tarqaldi.

"Biz faqat qattiq hayqiriqni eshitdik va uning qayerdan kelayotganini bilmadik. Biz shunda orqamizga o‘girilib, katta shleyfni ko‘rdik," - dedi uy egasi Jim Kuinn.

Aiahalokat asosan biznes-jetlar va charter reyslariga xizmat ko‘rsatadigan Shimoli-Sharqiy Filadelfiya aeroportidan to‘rt kilometrdan kamroq masofada sodir bo‘lgan.

Learjet 55 samolyoti 18:06 da aeroportdan uchib chiqib, 1600 fut (487 metr) balandlikka ko‘tarilganidan keyin darhol radarlardan g‘oyib bo‘lgan.

U Missuri shtatining Springfild shahriga yo‘l olgan va parvozlarni kuzatuvchi Flight Aware saytiga ko‘ra, Med Jets kompaniyasida ro‘yxatdan o‘tgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida meksikalik qiz bo‘lgan, u AQSHda davolanishdan so‘ng onasi hamrohligida uyiga qaytgan.

Prezident Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida halokatni kuzatish "juda qayg‘uli" ekanini yozdi.

"Yana ham ko‘proq begunoh jonlar yo‘qotildi," - dedi Tramp.

    Boshqa yangiliklar