AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda mahsulot va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi

Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi tasdiqlandi.

'O‘zbekistonda mahsulot va xizmatlarni  “Halol” belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi'ning rasmi

O‘zbekistonda mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi;
  • “Halol” talablarga muvofiq sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni davriy baholash.

Qarorga ko‘ra, mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organi tashkil etiladi. Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirishda hamda ularga nisbatan talablarni belgilashda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan qabul qilingan va rasmiy xalqaro miqyosda e’tirof etilgan standartlarga ustuvorlik huquqi beriladi.

2025 yil 1 maydan mazkur qaror hamda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat etiladi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan olti oy muddatda agentlik tizimidagi davlat muassasasida tashkil qilinadigan mahsulot va xizmatlatni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organinixalqaro tan olingan tashkilotlarni jalb qilgan holda akkreditatsiyadan o‘tkazishi belgilandi. Shuningdek, “Halol” belgisi shakli hamda o‘lchamini belgilaydigan standart loyihani ishlab chiqib, tasdiqlashi lozim.

“Halol” sertifikati – muayyan mahsulot yoki xizmatning “Halol” standarti talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat bo‘lib, tarkibida islom qoidalari va me’yorlariga binoan iste’molga ruxsat etilgan “Halol” mahsulot va xizmatlar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi

    Chiqindi xizmatlari bo‘yicha shikoyat bo‘lganda murojaat qilish so‘ralmoqda.

    'O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:40

    'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 22:38

    O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi

    Yaqin kunlarda O‘zbekistonda o‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash bo‘yicha yangi qonun kuchga kirishi kutilmoqda.

    '"Samarqand noni" davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 21:18

    "Samarqand noni" davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Bugun Adliya vaziri Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchiga "Samarqand noni" geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.