AsosiyJamiyat

Inhada Google kompaniyasining xalqaro innovasion taqdimoti o`tdi

Toshkent shahridagi Inha Universiteti dunyoning oldi AKT kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikni yo`lga qo`ygan. Ana shunday kompaniyalardan biri “Google”dir.

2008 yildan beri Google kompaniyasi yilning eng yirik Google-voqeligi - Google I/O konferensiyasini o`tkazib kelmoqda. Mazkur tadbirda minglab dastur ishlab chiqaruvchilar yig`ilib, Google kompaniyasining so`nggi dastur ishlanmalari hamda  innovasion echimlarini muhokama qilishadi. “I/O” birikmasi input/output (kirishdagi axborot/chiqishdagi axborot) hamda, Innovation in the Open ("Innovasiyani kashf qilish" tarzida talqin qilinadi. Butun dunyo bo`ylab Google I/O Extended tadbirlari uyushtirilib, unda mahalliy IT jamiyatlari to`planib, birgalikda muloqotda bo`lishadi, Google yangiliklarini muhokama qilib, I/O namoyishini tomosha qilishadi, dasturiy tanlov va musobaqalar uyushtirib, mahorat maktablarini o`tkazishadi hamda Google echimlari yordamida ishlab chiqilgan mahalliy mahsulotlarning taqdimotini o`tkazishadi.

2015 yilning 6 iyun kuni Google I/O birinchi marotaba Toshkent shahridagi Inha Universitetida 130 nafardan ortiq dasturchilar ishtirokida o`z taqdimotini o`tkazdi. Ushbu taqdimotda ishtirokchilar I/O konferensiyasidagi eng yaxshi ma`ruzalar, O`zbekiston bozorida taqdim etilgan eng so`nggi dasturiyilovalar va yangiliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Tadbirda har xil dasturiy tanlovlar o`tkazilib, g`oya yaratuvchilar uchun ajoyib muhit tashkil etildi. Shuningdek, Samsung kompaniyasi, NewMax Technologies va Internetdagi ommaviy portal www.daryo.uz o`z echimlarning  taqdimotinio`tkazib, tajribalari bilan almashishdi.Professional dasturiy etakchilar dastur asosida kichik amaliy sessiyalar va dasturiy musobaqa hamda tanlovlar o`tkazildi. Ushbu tadbirga NESCAFÉ®, KitKat® savdo belgilari hamda AslBaraka kompaniyalari homiylik qilishdi.

Google kompaniyasi haqida

1998 yilning 4 sentyabr kuni Larri Peydj va Sergey Brinlar tomonidan  tashkil topgan Google kompaniyasining yillik aylanmasi bugunga kunga kelib 66 mlrd. AQSh dollaridan ortib ketdi. Er yuzidagi barcha ma`lumotlarni birlashtirib, ulardan foydalanishda qulaylik yaratishni maqsad qilgan kompaniyaning qidiruv xizmatlari - internet tizimidan foydalanuvchilar orasida keng ommalashgan. Birgina misol: dunyodagi 1,17 mlrd. odam Google qidiruv tizimidan foydalanadi. Bir soniyada 40 ming, kuniga 3,5 mlrd. va yiliga 1,2 trln. so`rov-qidiruvlar amalga oshiriladi. Kompaniyada 56 ming nafarga yaqin xodim xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar