AsosiyJamiyat

MIB karantin davrida yana bir oilani yarashtirdi.

'MIB karantin davrida yana bir oilani yarashtirdi.'ning rasmi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma`naviy-ma`rifiy islohotlar jarayonida oilalarni yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, jamiyatda ahillik va o`zaro hurmat muhitini ta`minlashga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Turmushning mushti bo`ladi, deydilar. Uning yaxshi-yomoniga chidagan odam oxir oqibatda baxtli, saodatli hayotga erishsa, har ne tashvishdan oila atalmish muqaddas qo`rg`onga darz etkazishni odat qilganlar, pirovardida yolg`izlik va yuzi shuvutlik bilan yuzma-yuz bo`ladilar.

Bitta ajrim, jamiyatda bitta kemtiklikni yuzaga keltiradi degani. Oila parchalanishidan birinchi navbatda bolalar jabr ko`radi. Chunki ular yaxshi o`qib, bilim olishi, o`zi qiziqqan sohada mashg`ul bo`lishi, umuman hayot kechirishi uchun moddiy ta`minot kerak. Ota-onaning ajrashishi esa ana shu ta`minotni yo`qqa chiqaradi.  

Xususan, Karantin davri bo`lsada, byuroning Konimex tuman bo`limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo`yicha Navoiy viloyat  sudining 09.01.2020 yildagi 2-21-2005/23-sonli ijro ishiga asosan J.Z.dan A.A foydasiga ¼ qism aliment undirish bo`yicha ijro hujjati ijro ishi yurituvidan tugatildi va mazkur oila  yarashtirishga erishildi.  

 Shu bilan birga, bo`lim xodimlarining sa`yi-hakatlari bilan o`tgan 3 oyda shunday oilalardan 7 nafarini yarashtirildi.

Endi ular birgalikda farzandlarini kamolga etkazish bilan shug`ullanishmoqda.

    Boshqa yangiliklar