Bugun O`zbekistonning Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori qabul qilindi.
Unga ko`ra, O`zbekistonning Ittifoqda "kuzatuvchi davlat" maqomida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topildi. Ushbu qaror bo`yicha yig`ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi.
Biroq Milliy tiklanish partiyasi etakchisi Alisher Qodirov bu masalaga quyidagicha munosabat bildirdi:
-“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi O`zbekistonni Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi bo`lib kirishiga ham qarshi. Partiya fraksiyasi ittifoqqa azo mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirish kerak deb hisoblaydi.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O`zbekistonni Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga azoligi masalasi ko`rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edik.