Joriy yilning kuz oylarida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib UzDaily nashri xabar berdi.
Turkmaniston bosh vaziri o`rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Mamedov boshchiligidagi delegasiya joriy yilning 1-2 iyun kunlari O`zbekistonda bo`lgan edi.
Tashrif davomida ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida siyosiy maslahatlar o`tkazildi. Shuningdek tashrif chog`ida Turkmaniston prezidentining yurtimizga tashrifi masalasi muhokama qilindi.
Tomonlar tashrif davomida imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalarini ko`rib chiqdi hamda o`zaro manfaatli masalalarni muhokama qildi.





