AsosiyJamiyat

Koronavirus pandemiyasi qachon butunlay to`xtashi prognoz qilindi

Singapur texnologiya va dizayn universiteti olimlari o`tkazgan tadqiqotga ko`ra, koronavir...

'Koronavirus pandemiyasi qachon butunlay to`xtashi prognoz qilindi'ning rasmi

Singapur texnologiya va dizayn universiteti olimlari o`tkazgan tadqiqotga ko`ra, koronavirus pandemiyasi dunyo bo`ylab 2020 yil noyabrda butunlay to`xtashi prognoz qilinmoqda.

Tadqiqot maqsadi koronavirus pandemiyasi hayot siklining egri chizig`ini baholash va pandemiya qachon tugashini prognoz qilishdan iboratdir.

Koronavirus pandemiyasidan chiqishning dastlabki sanasi bo`lgan mamlakatlar orasida 🇺🇿O`zbekiston 16-o`rinda. Unga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi 20 mayga qadar butunlay tugashi prognoz qilinmoqda. Shu o`rinda, 30 aprel kuni 97 foizga va 6 may kuni 99 foizga to`xtashi kutilmoqda.

🇺🇸AQShda infeksiya tarqalishi 5 sentyabrga kelib butunlay tugashi prognoz qilinayotgan bo`lsa, 🇷🇺Rossiyada koronavirus 19 avgustga kelib to`liq tugashi taxmin qilingan. Koronavirus o`chog`i bo`lgan 🇨🇳Xitoyda infeksiyaning hayot sikli butunlay to`xtashi 9 aprel kuniga to`g`ri kelgan.

🇰🇿Qozog`istonda infeksiya tarqalishi 2 avgust, 🇦🇫Afg`onistonda esa 4 sentyabr kuniga kelib to`liq tugashi prognoz qilingan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, O`zbekistonda koronavirus pandemiyasi qachon tugashi aytilgan edi.

    Boshqa yangiliklar