AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik tibbiyot xodimlari kamqonlikka qarshi dori taklif etdilar

O`zbekistonlik tibbiyot xodimlari Baxtiyor Abdurashitov hamda Shoira Atadjanova tibbiyot sohasida foydalanish uchun kamqonlikni davolash uchun dorivor vosita taklif etdilar. 
O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining bergan ma`lumotlariga ko`ra, taklif etilgan vositaning vazifasi - ekologik toza o`simlik xom ashyosi asosida anemiyaga qarshi mahalliy, arzon va yuqori darajada samarali preparatni yaratish, alimentar va gemolitik anemiyaning eksperimental modeli asosida uning quyonlarda perifirik qonning morfologik tarkibini tiklash xususiyatini aniqlash, yallig`lanishga qarshi ta`sirini va sirop ta`sirida immun tizimning tabiiy ravishda, nojo`ya ta`sirlarsiz ishtirok etish darajasini aniqlashdan iborat.
Mualliflar mazkur dori vositasiga patent olish uchun talabnoma topshirdilar.

    Boshqa yangiliklar