AsosiyJamiyat

Kutilmagan natija! Toshkentda 24 yoshli koronavirusga chalingan va yurak xastaligi bo`lgan homilador ayol farzandli bo`ldi

Bugun pandemiyaga qarshi kurashayotganlarning old safida bo`layotgan fidoyi shifokorlarni...

'Kutilmagan natija! Toshkentda 24 yoshli koronavirusga chalingan va yurak xastaligi bo`lgan homilador ayol farzandli bo`ldi'ning rasmi

Bugun pandemiyaga qarshi kurashayotganlarning old safida bo`layotgan fidoyi shifokorlarni olqishlayapmiz. Biroq ta`bir joiz bo`lsa, ulug` kurashda ko`ksini qalqon qilayotgan, bu ulug` ishga ozmi-ko`pmi o`z hissasini qo`shayotgan tibbiyot xodimlari ham tirik jon ekanligi, ularning ham barchamiz singari  kundalik tashvishlari, dardlari va xastaliklari bo`lishi mumkinligi ko`pchiligimizning xayolimizga ham kelavermasligi mumkin.  

Mana shunday tibbiyot xodimlaridan biri, poytaxtlik 24 yoshli  U.B. ilk homiladorligi bo`yicha oilaviy poliklinikada ro`yxatda turar edi. 2017 yilda tug`ma yurak nuqsoni tufayli uning yuragida murakkab jarrohlik amaliyoti ham o`tkazilgandi.  

SSVning ma`lum qilishicha, u shu yilning 9 aprel kuni Toshkent shahar 4-son klinik shifoxonasining tug`ruq bo`limiga “Homiladorlik 1. 32-33 hafta. O`tkir respirator kasalligi” tashxisi bilan kelgan. Tibbiyot muassasasida koronavirus infeksiyasiga tekshirish uchun surtma olingan. 10 aprel kuni tahlil natijasi “musbat” ekanligi aniqlangan. Shundan so`ng,  homilador ayolga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida  poytaxtimizdagi  3-son tug`ruq kompleksiga og`ir ahvolda o`tkazilgan.

Tug`ruq majmuasida tor mutaxassislardan: kardioxirurg, kardiolog, pulmonolog, infeksionist, terapevt, anesteziolog-reanematolog va akusher-ginekologlar tomonidan ayol tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, zaruriy tekshiruvlardan so`ng kerakli davolash chora-tadbirlari belgilashdi.  

Kardioxirurg tomonidan tug`ruqni jarrohlik yo`li bilan amalga oshirish tavsiya qilindi. Bugun ertalab  bemor ayol vazni 3 150 gramm, bo`yi 52 santimetr bo`lgan o`g`il bola chaqaloqni dunyoga keltirdi. Fidoyi shifokorlarimizning tajribasi sabab murakkab  jarrohlik amaliyoti asoratsiz o`tib, muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozirda ayolning va yangi tug`ilgan chaqaloqning ahvoli yaxshi, ular shifokorlarning qat`iy nazorati ostida.

    Boshqa yangiliklar