1

Prezident: "Mana shu og`irlikni ham sabr bilan engishimiz kerak. Hozir xato qilishga haqqimiz yo`q» (Video)

Siyosat 01.05.2020, 19:13
Prezident: "Mana shu og`irlikni ham sabr bilan engishimiz kerak. Hozir xato qilishga haqqimiz yo`q» (Video)

Prezident Shavkat Mirziyoev Sardoba suv omborida yuz bergan avariyadan so`ng 1 may kuni zudlik bilan Sirdaryo viloyatiga safar qilib, Oqoltin tumanida aholi vakillari bilan uchrashdi. Muloqotda davlat rahbari 2020 yil og`ir kelganini ta`kidladi, deya xabar bermoqda «O`zbekiston 24».

«Eng katta narsa — o`zlaringni qo`lga olishlaring kerak. Bu endi hech kim kutmagan, birov taxmin qilmagan falokat. 2020 yil og`ir keldi. Pandemiya bir balo bo`ldi. Mana shu og`irlikni elkamizga olib, chidashimiz kerak. Sabr bilan. Hozir xato qilishga haqqimiz yo`q», — dedi Prezident.

«Odamlarni vahimaga tushmaslikka chaqirishimiz kerak. Ayniqsa, ayollarni, yoshlarni tinchlantirish zarur. Birorta xonadon, birorta aholi e`tiborsiz qolmaydi. Sizlar bilan bamaslahat joyini ham, sharoitini ham qilib beramiz. Qurilishlarni boshlaymiz», — dedi Shavkat Mirziyoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1