Sardoba suv omborida yuzaga kelgan avariya sabab Qozog`istonning O`zbekiston bilan chegaradosh aholi punktlarida texnogen tusdagi favqulodda holat e`lon qilindi. Bu haqda Turkiston viloyati hokimligi tezkor axborot bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, avariya sodir bo`lgach, Sardoba suv omboridagi suv hajmini kamaytirish uchun unga quyiladigan suv oqimi kamaytirilgan. Natijada Qozog`istonning Turkiston viloyati Maxtaaral tumani chegarasidagi Sardoba, VS-1, VS-1.1, VS 1.1.9, VS-1.1.7, VS-18, Yujny, D-3, Karoy, Sentralny singari o`tkazish hajmi 120 kub metr bo`lgan kollektorlarda suv sig`imi 180 kub metrdan oshib ketgan. Kollektorlar oqib o`tuvchi aholi punktlarida suv toshqini yuz bergan.
Viloyat hokimligi xabariga ko`ra, suv toshqini xavf solayotgan Jenis va Jana Turms aholi punktlaridan 2250 dan ortiq odam xavfsiz hududga evakuasiya qilindi.






