AsosiyJamiyat

Germaniyalik shifokorlar bemor bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi

 

18-25 iyun kunlari Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti mutaxassislari 19-20 iyun kunlari Fondning tibbiy-ijtimoiy markazida Farg`ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi bemor bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.

Shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm (21 iyun kuniBuxoro shahri viloyat ko`ptarmoqli bolalar tibbiy markazida), Qashqadaryo va Surxondaryo (22 iyun kuni – Qarshi shahri viloyat ko`ptarmoqli bolalar tibbiy markazida), Samarqand (23 iyun kuni – Samarqand shahri viloyat ko`ptarmoqli bolalar tibbiy markazida), Jizzax va Sirdaryo (24 iyun kuniJizzax shahri viloyat ko`ptarmoqli bolalar tibbiy markazida) viloyatlaridagi bemor bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

Tibbiy ko`rik natijalariga ko`ra eng og`ir deb topilgan bemor bolalar joriy yilning avgust oyida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish uchun 6 oydan 3 yilgacha bo`lgan vaqtga jo`natiladi.

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, kam ta`minlangan oilalardagi bemor bolalarni ijtimoiy va tibbiy jihatdan qo`llab-quvvatlash borasida muhim ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu maqsadda, Fond tomonidan bemor bolalarni chet el nufuzli klinikalarida davolash uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan.

2002 yilda “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti tomonidan uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti 1967 yili tashkil topgan bo`lib, 35 dan ortiq davlatlar bilan o`zaro xamkorlik qiladi. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo`lgan bemor va nogiron bolalarni davolash va reabilitasiya qilish bilan shug`ullanadilar.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tish joizki 2014 yilning 3-10 aprel kunlari Germaniyalik mutaxassislar tomonidan respublikamiz hududlaridagi jami 500 nafarga yaqin bemor bolalar tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, 40 nafar bemor bolalarning hujjatlari Germaniya klinikalarida davolash uchun tanlab olingan edi.

Shuningdek, joriy yilning 12 fevral kuni esa Toshkent Xalqaro Aeroportidan 13 nafar bemor bolalar Germaniya klinikalarida davolanish uchun Germaniyaga jo`nab ketishib, o`tgan yillar davomida Germaniyaga davolanish uchun jo`natilgan 13 nafar bemor bolalar davolanish kurslarini o`tab, 16 fevral kuni sog`lomlashtirilib yurtimizga qaytishdi.

    Boshqa yangiliklar