AsosiyJamiyat

“O`zbekgidroenergo” "Sardoba" suv ombori qurilishida ishtirok etmaganini ma`lum qildi

'“O`zbekgidroenergo” "Sardoba" suv ombori qurilishida ishtirok etmaganini ma`lum qildi'ning rasmi

“O`zbekgidroenergo” AJ axborot xizmati “Sardoba” suv omborida ro`y bergan falokat yuzadan internet nashlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan materiallarga rasmiy munosabat bildirdi.

"Sardoba" suv ombori to`g`onining o`pirilishi yuzasidan mamlakatimiz hamda xorijiy OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan, “O`zbekgidroenergo” AJ nufuziga qarshi qaratilgan noto`g`ri talqinlar, asossiz va yuzaki yondashuvlarga nisbatan quyidagi rasmiy munosabatimizni ma`lum qilamiz.

Ma`lumki, 2010-2017 yillar mobaynida Sardoba suv ombori barpo etilgan. Ushbu qurilishda buyurtmachi sifatida Suv xo`jaligi vazirligi (sobiq Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi), “O`zbekiston temir yo`llari” AJning “O`ztemiryo`lqurilishmontaj” unitar korxonasi bosh pudratchi sifatida ishtirok etgan. Bundan tashqari, ushbu ob`ektda 10 dan ziyod yordamchi pudratchi tashkilotlar (subpodryadchik) qatorida “Rezaksoy suv qurilish” MChJ (hozirgi nomi – “To’palang Water Construction” MChJ) ham qurilish jarayonlarida o`ziga ajratilgan qism bo`yicha qurilish ishlarini bajargan. Mazkur MChJ tomonidan bajarilgan ishlar tegishli tartibda qabul qilib olingan.  

Sardoba suv omborida sodir bo`lgan falokatning tegishli qismida “To`palang HPD Holding” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmaganligini hamda Abduraxmonov Islom Abduganievich 2010-2017 yillarda “To`palang HPD Holding” MChJ hamda uning tegishli shirkat tashkilotlarida umuman faoliyat yuritmaganini alohida ta`kidlaymiz.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yildagi 18 maydagi PF-5044 sonli Farmoniga asosan “O`zbekgidroenergo” AJ tashkil etilgan. Shuni aytish joizki, “O`zbekgidroenergo” AJ "Sardoba" suv ombori qurilishida mas`ul etib belgilanmagan va ishtirok etmagan.

Sardoba suv omborining ekspluatasiyasiga oid faoliyati “Davsuvxo`jaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma`lumotlar asossiz ekanligini ma`lum qilamiz", deyiladi rasmiy munosabatda.

    Boshqa yangiliklar