1

Shavkat Mirziyoev Sardoba suv omborining buzilgan joyiga bordi (foto)

Siyosat 03.05.2020, 19:02
Shavkat Mirziyoev Sardoba suv omborining buzilgan joyiga bordi (foto)

Oddiy hayot haqiqati bor. Bu dunyoda xursandchilik va tashvish, yutuq va qiyinchiliklar hamisha yonma-yon yuradi. Yurtimizning qadim tarixida bunday voqealar ko`p bo`lgan. Lekin ko`pni ko`rgan, azmu shijoatli xalqimiz bunday vaziyatlarni hamisha aql-idrok, sabr-toqat va jasorat bilan engib o`tgan.

Kuni kecha Sirdaryo viloyatida yuz bergan hodisa bu haqiqatni yana bir bor tasdiqladi. Iqtisodiy taraqqiyot va ravnaq yo`lida shiddat bilan ilgarilab borayotgan mamlakatimiz jiddiy sinovga duch keldi. Ammo irodasi mustahkam, matonatli elimiz bu safar ham hamjihatlik va ahillik namunasini ko`rsatmoqda.

Bu qat`iyat kunu tun xalq manfaatini, yurtning tinchligi va osoyishtaligini o`ylab yashayotgan davlatimiz rahbari boshchiligida qudratli to`lqinga aylandi.

Prezidentimiz hodisa yuz bergan dastlabki soatlardayoq bu erga zudlik bilan etib kelib, odamlarga hamdard va elkadosh bo`lgani, “talafot oqibatlarini qisqa vaqtda bartaraf etamiz, jabr ko`rgan har bir inson, har bir xonadonga albatta yordam beramiz”, degan so`zlari Sirdaryo ahliga juda katta madad va dalda berdi.

Davlatimiz rahbari ikki kun davomida viloyatda qolib, vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga shaxsan bosh-qosh bo`ldi. Shu bois ham xalqimiz bu kutilmagan tabiiy ofat oldida o`zini yo`qotib qo`ymadi. Hamma bir tanu bir jon bo`lib, hududda normal hayotni tiklash borasida faollik va fidoyilik ko`rsatmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bugun ham Sirdaryo viloyatida bo`lib, Sardoba suv ombori hududida amalga oshirilayotgan tiklash-ta`mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Prezident.uz ma`lum qildi.

Ma`lumot  o`rnida shuni aytish lozimki, mazkur suv inshooti Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi 6 ta tuman ekin maydonlarini suv bilan ta`minlash maqsadida barpo etilgan. Hozirgi vaqtda toshqin yuz bergan joyda 2 ta brigada tashkil etilib, to`g`on yorig`ining chap va o`ng qirg`oqlarida jadal ish olib borilmoqda. Bu jarayonga yuzlab malakali mutaxassislar, mingdan ortiq maxsus texnikalar jalb etilgan. Katta harsang toshlar, beton bloklar va plitalar, boshqa tegishli qurilish materiallari keltirilib, to`g`on oldida yarim aylana shaklida to`siq devor barpo etilmoqda. Ishchi-muhandislar, haydovchilar uchun barcha sharoit yaratilib, sa`y-harakatlar kechayu kunduz tashkil etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev bajarilgan ishlarni sinchiklab ko`zdan kechirib, mutasaddi rahbarlar va mutaxassislarga zarur ko`rsatmalar berdi.

Ma`lumki, suv toshqini asosan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholi punktlari va ekinzorlariga zarar etkazgan. Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu tumanlardagi 22 ta qishloqdan jami 60 mingdan ziyod aholi evakuasiya qilingan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1