AsosiyJamiyat

Viloyatlarda o`tkazilgan reydlarda 251 ta turli qonunbuzarliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlandi

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Andijon hamda Xorazm xududiy bo`limlari viloyat Davlat soliq boshqarmasi, viloyat IIB YHX Boshqarmasi va O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan muntazam ravishdagi nazorat tadbirlarini amalga oshirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 martdagi “Avtomobil transportida yo`lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to`g`risida” gi qarori va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi “Yo`nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarorlari ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ushbu reja jadvalga Andijon viloyatning barcha hududlarida qo`shma reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda. Qo`shma-reyd davomida Andijon shahrida yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanayotgan engil avtomobillar xaydovchilariga yo`l haqqini asossiz ravishda oshirmaslik borasida tashviqot-targ`ibot ishlari olib borildi.

Andijonda o`tkazilgan tadbirlar davomida jami 36 ta avtotrasport egalari lisenziyasiz noqonuniy faoliyat ko`rsatayotganligi va 125 ta xaydovchilarning turli qoidabuzarliklari aniqlandi.

Shuningdek, Agentlikning Xorazm viloyat bo`limida ham Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yo`l xarakati xavfsizligi boshqarmasi va Viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan xamkorlikda qo`shma reyd tadbirlari bo`lib o`tdi. Qo`shma reyd tadbirlari davomida avtotransport xaydovchilari tomonidan 251 ta turli qonunbuzarliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlandi.

Jumladan yuk avtotransport vositalari xaydovchilari tomonidan 18 ta hamda yo`lovchi tashish bilan shug`ullanayotgan avtotransportlardan esa 233 ta qoidabuzarlik xolatlari aniqlandi.

Lisenziyasiz noqonuniy ravishda yuk va yo`lovchi tashiyotgan 79 nafar avtotransport xaydovchilari  aniqlanib, ularga nisbatan xamkorlikda ma`muriy bayonnomalar tuzildi. To`plangan xujjatlar sud organlariga, Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan yuborildi. Sud organlari ularga nisbatan 65 million 475 ming so`m miqdorida jarima qo`lladi.

Lisenziyasiz noqonuniy faoliyat ko`rsatayotgan xaydovchilarga viloyat IIB YHXB xamda DSI xodimlari tomonidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib avtomobillari vaqtincha jarima maydoniga kiritildi.

Bu boradagi qo`shma-reyd tadbirlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar