AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta`lim mussasalari to`g`risidagi ma`lumotlarni Ochiq portaldan olish mumkin

O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portaliga Xalq ta`limi vazirligi “Vazirlik tizimidagi maktabgacha ta`lim mussasalari to`g`risidagi ma`lumotlar”ni taqdim etdi.

Bu haqda portal matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lumotlar viloyatlar bo`yicha bog`chalar joylashgan tumanlar, maktabgacha ta`lim muassasasi joylashgan manzil, uning rahbarini ismi-sharifi, telefoni ko`rsatilgan holda keltirilgan.

Barchamizga ma`lumki, maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang`ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog`lom va rivojlangan shaxs bo`lib shakllanishini ta`minlab, o`qishga bulgan ishtiyoqini uyg`otib, tizimli o`qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo`lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o`qishga tayorlash, bolani sog`lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo`lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o`qishga, tizimli ta`limga bo`lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.

Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda Respublikamizda 4417ta maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar