AsosiyJamiyat

Vazirlar Mahkamasining qarori muhokamaga qo`yildi

Www.regulation.gov.uz saytida Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ishchi yollagan holda amalga oshirish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarori” muhokamaga qo`yildi.

Hujjat muallifi O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasidir. Hujjat muhokamasi 2015 yilning 25 iyulida o`z nihoyasiga etadi.
Qonun hujjati loyihasining muhokamasida, yakka tartibdagi tadbirkor yollagan ishchilarini ro`yxatdan o`tkazish to`g`risida quyidagi bandlar bor:
1.Yakka tartibdagi tadbirkor yollagan ishchilarini ro`yxatdan o`tkazish
2. Yakka tartibdagi tadbirkor yollagan ishchilarini ro`yxatdan o`tkazish ularni yashash manzilidan qat`iy nazar, yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro`yxatidan o`tgan joydagi Tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatdan o`tkazish inspeksiyasiga kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog`i orqali amalga oshiriladi.
3. Yakka tartibdagi tadbirkor yollagan har bir ishchisi ro`yxatdan o`tkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining o`n foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Tushgan mablag`lar yakka tartibdagi tadbirkor ishchilarini ro`yxat o`tkazish xarajatlarini qoplashga foydalaniladi.
Davlat boji qaytarilmaydi.

“Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ishchi yollagan holda amalga oshirish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarori” muhokamasi jarayonida qatnashib, o`z mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin. Berilgan izohlar muhokama qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladi. Shuningdek, Siz ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari muhokamasiga oid ‎So`rovnomani to`ldirishingiz mumkin.

Berilgan izohlar va So`rovnomada bildirilgan takliflar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiquvchilar — davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko`rib chiqilishi shart.

    Boshqa yangiliklar