AsosiyJamiyat

Jizzax viloyatidagi suv toshqinida 10 yoshli qiz halok bo`ldi

Jizzax viloyati IIB matbuot xizmatining xabariga ko`ra, G`allaorol tumani, Jiydali qishloq...

'Jizzax viloyatidagi suv toshqinida 10 yoshli qiz halok bo`ldi'ning rasmi

Jizzax viloyati IIB matbuot xizmatining xabariga ko`ra, G`allaorol tumani, Jiydali qishloq fuqarolar yig`inida yashagan 10 yoshli M.B.ni soydan sel kelib oqizib ketgan.

Ma`lum bo`lishicha, qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o`tayotgan bo`lgan va soydan oqib kelgan sel uni oqizib ketgan. M.B.ning jasadi soydan 500 metr uzoqlikda topilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar