Joriy yilning 28 may – 19 iyun kunlari akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta`lim fanlari bo`yicha ta`lim tayyorgarlik darajasi monitoringi o`tkazildi.
Monitoring jarayoni respublikamizning turli hududlarida 14 ta akademik lisey va 98 ta kasb-hunar kollejlarida bo`lib o`tdi. Monitoringda 450 nafar o`qituvchilar va 3000 nafardan ortiq bitiruvchi bosqich o`quvchilari qatnashdilar.
Qur`a tashlash orqali tanlab olingan akademik guruh o`quvchilari “Ona tili va adabiyoti”, “Matematika”, “Xorijiy til” fanlaridan test sinovlari topshirdilar. Bundan tashqari o`qituvchilar va o`quvchilar bilan o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim tizimida ta`lim sifatini va bitiruvchilarning ta`lim tayyorgarlik darajasiga ta`sir qiluvchi omillarni o`rganishga bag`ishlangan ijtimoiy so`rov o`tkazildi.





