AsosiyJamiyat

Xorazm va Andijonda 21 nafar bemor tuzaldi, jami sog`ayganlar 1577 nafarga etdi

'Xorazm va Andijonda 21 nafar bemor tuzaldi, jami sog`ayganlar 1577 nafarga etdi'ning rasmi

Shu  soatlarda yurtimizning yana ikki hududidan: Xorazm viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, jami 21 nafar bemor butunlay sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Xorazmda tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Namangan va Samarqand viloyatlaridan 3 nafardan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 11 nafari erkak, 3 nafari ayol bo`lib, eng yoshi kattasi 81 yoshli otaxon bo`lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh. Viloyatda shu paytga qadar 153 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 167 nafarga etdi.

Andijonda darddan forig` bo`lganlarning barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Andijon shahridan, 2 nafari Xo`jaobod tumanidan) bo`lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bo`lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 126 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 133 nafarga etdi.

Shunday qilib, bugunning o`zida  76 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar 1577 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2231 nafarni tashkil qilib, sog`aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 644 nafar bemor davolanmoqda.  

    Boshqa yangiliklar